KONSTITSIYAVIY SUD ADOLAT TA‘MINLANSHINI NAZORAT QILADI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ma`lumki, Konstitutsion sud mamlakatimizda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to`g`risidagi ishlarni nazorat qiladi. O`zbekiston Respublikasi "Konstitutsiyaviy sudi to`g`risida"gi Qonunga asoslangan holda ish olib boradi.

Konstitutsiyaviy sud:

1)O`zbekiston Respublikasi qonun-larining va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O`zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O`zbekiston Respublikasining Konstitut-siyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

2) O`zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlarining O`zbekiston Respublika-sining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

3) Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonun-larining O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to`g`risida xulosa beradi;

4) O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;

5) O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo`llanilishi lozim bo`lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O`zbekiston Respublikasining Konsti-tutsiyasiga muvofiqligi to`g`risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko`rib chiqadi;

6) konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to`g`risida axborot taqdim etadi.

Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qo`llanilgan va O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq bo`lmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ham ko`rib chiqadi.

 

Konstitutsiyaviy sud O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasidagi boshqa ishlarni ham ko`radi.

Konstitutsiyaviy sud o`z vakolatlarini amalga oshirayotganda boshqa sudlarning yoki o`zga organlarning vakolatiga kiradigan barcha hollarda haqiqiy holatlarni aniqlash va tekshirishdan o`zini tiyadi.

Konstitutsiyaviy sud qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.

 

Konstitutsiyaviy sudning qonunchilik tashabbusi huquqi uning tomonidan qonunlar loyihalarini O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda sudning o`z vakili qatnashadi.

Konstitutsiyaviy sud O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog`iston Respublikasining vakilini qo`shgan holda saylanadi.

Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. Senat a`zolari umumiy sonining ko`pchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy sud rais va uning o`rinbosarini qo`shgan holda Konstitut-siyaviy sudning to`qqiz nafar sudyasidan iborat bo`ladi. Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari muddati birinchi marta saylanganida besh yilni, navbatdagi saylanganida o`n yilni tashkil etadi. Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimida bo`lishning eng yuqori yoshi, qoida tariqasida, yetmish yoshni tashkil etadi. Аyni bir shaxs ikki martadan ortiq Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin emas.

Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari barcha davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.

 

Farruh MUHAMMADIYEV,

tuman iqtisodiy sudi arxivariusi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF ISHTIKHON DISTRICT. Maked by: SAKTRM