Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala aholi o‘rtasida ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish hisoblanadi, - SHu maqsadda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tadbirning shiori va logotipi ishlab chiqilib, aholini ro‘yxatga olishning rasmiy veb-sayti (aholi.stat.uz) yaratildi. Bu borada ro‘yxatga oluvchilarni tanlash va o‘qitish masalasi ham nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. CHunki ma’lumotlarning to‘g‘riligi bevosita ularning malaka va amaliy ko‘nikmalariga bog‘liq. SHu bois, jarayonga jalb etiladigan xodimlar Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan reja-jadval asosida maxsus o‘qitiladi. Ular uchun uslubiy qo‘llanma va videodarsliklar ishlab chiqilib, zarur hollarda, qo‘shimcha maslahatlar beriladi. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini xalqaro talablarga mos va sifatli o‘tkazishda kartografik materiallarning aniqligi ham muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalari) bilan ta’minlash vazifasi yuklatildi. Aholi punktlari va ko‘chalarning nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga etkazish vazifasi qo‘yildi. Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga esa aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladigan xodimlar xavfsizligini ta’minlash topshirildi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. SHuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

 

Ishtixon tuman statistika bo’limi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF ISHTIKHON DISTRICT. Maked by: SAKTRM