
Ishtixon tumani hokimi 2023-yil hosili uchun paxta terimi ishlari bilan tanishish maqsadida hududlarda bo‘ldi.
Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abror Rabbimovlar 2023-yil hosili uchun paxta terimi va 2024-yil g‘alla hosili uchun kuzgi boshoqli don ekish ishlari bilan tanishish maqsadida hududlarda bo‘ldi.
Hududlarda fermer xo‘jaligi rahbarlariga va soha vakillariga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
MA’LUMOT UCHUN: Tumanda 2023-yil paxta hosili uchun 224 ta fermer xo‘jaliklarimiz tomonidan 7769 gektar maydonlarda g‘o‘za parvarishlanib, barcha hududlarda terim ishlari amalga oshirilmoqda.
2024-yil g‘alla hosili uchun 236 ta fermer xo‘jaliklari va 2 ta klaster korxonasi tomonidan 7380 gektar maydonlarga g‘alla ekish ishlari grafik asosida amalga oshirilmoqda.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI