Aholi murojatlari o'rganilmoqda...

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun 17-aprel tumanimizdagi Azamat MFY faollar zalida O'zMTDP Ishtixon tuman Kengashi tomonidan "Deputat bilan yuzma yuz"mavzusida yig'ilish o'tkazildi.Tadbirning tashkil etilishidan ko'zlangan maqsad va vazifalar tumandagi yoshlar va xotin qizlar masalalarini xal etishda deputatning o'rni,yoshlarga deputatlarimiz tomonidan amaliy yordam berishdan iborat ekanligidir.

Tadbirda O'zMTDP Ishtixon tuman Kengashi raisi U.Shakarov va ijrochi kotibi M.Bahodirova,Xalq deputatlaridan tuman Kengashiga O'zMTDPdan saylangan deputat Sulton Ibragimov,tuman xotin-qizlar qo'mitasi mutaxasisi Nasiba Toshboeva,O'zMTDP Ishtixon tuman Kengashi "Ayollar qanoti" hamda"Yoshlar qanoti" faollari, ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yig'ilganlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdilar va o'zlarinig takliflarini bildirishdilar.

Tadbir yakunid aholi murojatlari o'rganilib tegishli tashkilotlarga yetkiziladigan bo'ldi.

2015-2021 © Ishtixon tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM