ISHTIXON TUMANIDA KO`P QAVATLI UYLARDA YASHOVCHI FUQAROLAR UCHUN QANDAY SHAROITLAR YARATILDI?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi PQ-2922-sonli “2017-2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kesimidaquyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan 2018 yilda“Mitan gulzori“ shirkati Q.Qarshiyev MFY Nuriston ko‘chasi №2 uyning Fasad qismi, kirish yulaklari, elektr taqsimlovchi shitlar, tom qismini tarnovlari joriy ta’mirlash ishlari, Nuriston ko‘chasi №4 uyning Fasad qismi, kirish yulaklari, elektr taqsimlovchi shitlar, tom qismini tarnovlari joriy ta’mirlash ishlari, hamda ushbu uylar aholisi uchun 20 ochkoli xojatxona qurilish ishlari amalga oshirildi.

2019 yil hisobidan Q.Qarshiyev MFY Nuriston ko‘chasi №2 va 4 uylarkuz-qish mavsumidan o‘tish dastur doirasida uy old qismlariniva otmoskalari bank krediti mablag‘lari hisobidan to‘liq tamirda chiqarildi.

Shuningdek, “Ko‘p xonadonli uylarni issiqlik ta’minoti ob’ektlarni qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Samarqand viloyati filiali tamonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Q.Qarshiyev MFY Nuriston ko‘chasi №4 oldidan
1 dona 7 elementi
bolalar maydonchalari qurilib foydalanishga topshirildi.

“Xurmozor chamani”2018 yildaIshtixon tumn Xalq banki tomonidan ajratilgan bank kredit mablag‘lari hisobidan J.Maxmudov MFY J.Maxmudov ko‘chasidagi № 2 uyning tom, fasad qismi, kirish yulaklari, № 4 uyning fasad kirish yulaklari, elektr taqsimlovchi shitlari, № 6 uyning tom, fasad, kirish yulaklari elektr taqsimilovchi shitlari, hamda Kattaqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan № 37, 37a, 39,41 uylarning tom qimlari joriy ta’mirlash, fasadqimlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

2019 yillar hisobidan Prezidentimizning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida 2019 yilda Samarqand viloyati Obodonlashtirish va qurilish deriksiyasi hisobidan XUJMShga qarashli bo‘lgan J.Maxmudov MFY J.Maxmudov ko‘chasi
№ 4, 8 va 10uylarning tom qimslari mukammal ta’amirlandi.

Shuningdek, 2019 yilda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kurish doirasida bank kreditlari hisobidan shirkat tarkibidagi J.Maxmudov ko‘chasi №2, 4, 6, 8, 10, uylarnig trotuar va otmoska qismlari tuliq ta’mirdan chiqarilib hamda ushbu uylarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

“Ishtixon archasi” shirkati tomonidan 2018 yilda quyidagi ishlar amalga oshrildi.

O‘zbekiston MFY Lolazor ko‘chasi joylashgan № 3, 5 uylar va Guliston ko‘chasidadagi № 17, 19 ko‘p xonadonli uylarningtom, fasad, kirish yulaklari, trotuar qismlari, elektr taqsimlovchi shitlari tuliq ta’mirlashg ishlari amalga oshrilidi.

2019 yil hisobidanPrezidentimizning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida 2019 yilda Samarqand viloyati Obodonlashtirish va qurilish deriksiyasi hisobidan quyidagi ishlar amalga oshrildi.

XUJMSH tarkibidagi “Ishtixon archasi “XUJMShga qarashli bo‘lgan O‘zbekiston MFY Lolazor ko‘chasidagi № 3 uyga 1 dona 12 ochkoli va № 5 uylarga 1 dona 10 ochkoli umumfoydalanuvdagi hojatxona hamda, Guliston ko‘chasida joylashgan № 19 uyga 1 dona 12 ochkoli  umumiyfoydalanish xojatxonasi, Guliston ko‘chasidagi № 17,19 uy-joylarga 2 dona tandirxonalar, trotuar, otmoska, yoritish chiroqlar va 1 dona bolalar maydonchasi va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Ishtixon MFY A.Navoiy ko‘chasida joylashgan № 20 uyga1 dona 12 ochkoli xojatxona, hamda 1 dona tandirxona qurib ko‘p xonadonli uyda yashovchilarga foydalanishga topshirildi.

“Ko‘p xonadonli uylarni issiqlik ta’minoti ob’ektlarni qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Samarqand viloyati filiali tamonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston MFY Lolazor ko‘chasidagi № 5 uy vaIshtixon MFY A.Navoiy ko‘chasida joylashgan № 20 uylarga 1 donadan bolalar maydonchasi qurilib foydalanishga topshirildi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM