ISHTIXONLIK XOTIN-QIZLAR BUXOROGA YO`L OLISHDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

ISHTIXONLIK XOTIN-QIZLAR BUXOROGA YO`L OLISHDI

Ishtixon tumanida shakllantirilgan "Ayollar daftari"dagi xotin-qizlar uchun ham turli yordamlar ko`rsatilib kelinmoqda.

Bugun erta tongdan, tumanimizdan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan 100 nafar xotin-qizlar Buxoro shahriga 2 kunlik sayohatga yo`l olishdi. Va bu shunchaki sayohat emas, bu o‘zligingni anglash uchun imkoniyat, ruhiy poklanishga umid, duo va istaklar ijobatini tilash, iymonga eltuvchi yo‘ldir. Ziyorat bu – o‘tgan avliyolar orqali Qodir Tangriga murojaat qilish, ongi va ruhini tinchlantirish, muqaddaslik haqiqatini anglash, yolg‘izlik va poklanish yo‘lidan o‘tishdir.

Ushbu sayohatning e`tiborli tomonidan yana bir jihati shundaki, sahohatchilar  uchun shay qilingan zamonaviy avtobuslar, mehmonxona va ovqatlanish, bularning barchasi bepul tarzda tashkil etilganligidadir.

 

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM