AHOLINI RO`YXATDAN O`TKAZISH SAVOLNOMASI VA UNING MOHIYATI TO`G`RISIDA

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

AHOLINI RO`YHATDAN O`TKAZISH SAVOLNOMASI VA UNING MOHIYATI TO`G`RISIDA

Aholini ro`yxatga olish orqali faqat aholi haqidagi ma`lumotlarni emas, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tarkiblari haqida ma`lumotlarni olishga muvaffaq bo'linadi. Aholini ro`yxatga olish savolnomasida faqat demografik ma`lumotlarni yig`ish bilan chegaralanib qolmaydi. Aholini ro`yxatdan o`tkazish savolnomasi aholi soni, yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma`lumot darajasi, nikoh holati, bandligi kabi birqator ko`rsatkichlardan tashqari yashash sharoiti, daromadlar manbai va boshqa tavsiflari haqida ma`lumot olishning yagona manbai hamdir. Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida Aholini ro`yxatga olish umuman o`tkazilmagan bo`lib, mazkur tadbir ilk marotaba o`tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayorgarlik ko`rish va uni sifatli o`tkazish maqsadida 2023 yilga o`tkazish belgilandi. So`nggi marta O`zbekiston Respublikasi hududida Aholini ro`yxatga olishning muvaffaqyatli chiqishi aholini ro`yxatga olish davridan ushbu savolnomadagi savollarni mazmun mohiyatini to`g`ri tushunganlik darajasiga bog`liq. Hozirda Respublikamiz bo`ylab tushuntirish ishlari mahalliy matbuot, radio va televideniye orqali, maktablar, tashkilotlarda suhbat uyushtirish yoki ko'rgazmali tashviqot ishlari orqali amalga oshirilmoqda.

Ishtixon tuman statistika bo’limi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM