"OVQATLANISHGA OID GIGIYENIK TALABLAR" 15-MTTDA SHU MAVZUDA SEMINAR BO'LIB O'TDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilgan. Buning natijasida qisqa muddatda maktabgacha yoshdagi bolalalarning asosiy qismi MTMlarga qamrab olindi. 
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni ortishi bilan birgalikda u yerda ta'lim-tarbiyani zamonaviy o'quv dasturlari asosida sifatli tashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash kabi dolzarb vazifalar ham e'tibordan chetda qolgani yo'q.
Yaqinda tuman mak-tabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 15-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "MTTlarida ovqat-lanishga oid gigiyenik talablar" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda xozirgi kunda dolzarb bo'lgan Sog'lom ovqat-lanishga oid gigiyenik talablar normalari to'g'risida muhoka-malar o'rtaga tashlandi. Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiya-lanuvchilari uchun taomnoma, noto'g'ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar, ovqatdan zaharlanishning oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.
Seminarda barcha tuman MTT hamshira va oshpazlari ishtirok etishdi. Tadbirda ishtirok etgan viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi bolalarni sog'lom va xavfsiz ovqatlantirish bo'limi vakili Muzaffar Izzatullayev shunday dedi:
-Bolalarda to'g'ri ovqatlanishni shakllantirish ular ulg'ayganda noto'g'ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan kasal-liklarning oldini olish imkonini beradi. Tarbi-yalanuvchilarning kunlik taomnomasi foydali, vitaminlarga boy va mutanosib bo'lishi lozim.  
Shuningdek, tuman MTB mudiri Gulchehra Saidmurodova bolalar salomatligi xavfsizligini oshirish, ovqatdan zahar-lanish holatlarining oldini olish maqsadida xodim-larning  sanitariya  qoida-lariga rioya etish yuzasidan bilimlarini oshirish va mas'uliyatini kuchaytirish lozimligini ta'kidladi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM