OVQATDAN ZAHARLANISHDAN OGOH BO‘LING!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Aholi salomatligini asrash – muhim vazifalardan biri. Buning eng samarali yo‘li esa ogohlikdir. Chunki har qanday kasallikni davolagandan ko‘rab uning oldini olgan yaxshiroqdir. Kuz-qish faslida aholi o‘rtasida botulizm, ya'ni ovqatdan zaharlanish ko‘proq uchraydi. Bu esa asosan uy sharoitida, sanitariya qoida va me'yorlari, konserva tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinmasdan  tayyorlangan sabzavotli, asosan, bodring, pomidor, baqlajon va qo‘ziqorin konservalarini iste'mol qilish natijasida kelib chiqmoqda. Konserva tayyorlashda botulizm qo‘zg‘atuvchi sporalar yuqori termik ishlov berish natijasida o‘lib ketishi kerak. Uy sharoitida konserva tayyorlash texnologiyasiga to‘liq amal qilinmasligi, yetarli bosimda termik ishlov berilmasligi sporalarning saqlanib qolishi va rivojlanib o‘ta kuchli botulin zahri hosil bo‘lishiga olib keladi.

Botulizm kasallik qo‘zg‘atuvchisi   kislorodsiz sharoitda rivojlanadi. Kislorod bor muhitda botulizm qo‘zg‘atuvchisi maxsus qobiq(spora)ga o‘ralib tashqi muhit omillariga chidamli bo‘ladi va uzoq muddat saqlanishi mumkin. Kislorodsiz har qanday sharoitda ular rivojlanadi va o‘ta kuchli zahar ishlab chiqaradi. Kalbasa, dudlangan mahsulotlarda ham botulizm qo‘zg‘atuvchisi bo‘lishi mumkin. Aynan konserva mahsulotlari botulizm kasalligi rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari 120 daraja haroratda 2-2,5 atmosfera bosimida 20 daqiqada o‘ladi. Shuning uchun ham uy sharoitida bunday termik ishlov berish imkoniyati bo‘lmaydi.

Tan olish kerakki, bozorlarimizda deyarli barcha oziq-ovqat, jumladan komservalangan mahsulotlarni ham topish mumkin. Ammo, ularning barchasi ham sifatli deb bo‘lmaydi. Achinarlisi, ba'zilar bozorga olib kelingan mahsulotlarni bozor huzurida faoliyat olib borayotgan mas'ul xodim, ya'ni shifokor ko‘rigidan o‘tkazmasdan sotishga urinadi.  Bu esa a'holi salomatligiga xavf tug‘dirishi tabiiy.

Botulizm kasalligiga chalinmaslik uchun avvalo, uy sharoitida tayyorlangan turli konserva mahsulotlarini iste'mol qilmaslik kerak. Zaruriyat bo‘lsa, savdo do‘konlaridan sifati va xavfsizligi kafolatlovchi hujjatlari bo‘lgan, qopqog‘i shishmagan (bombaj), tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar kuzatilmagan, ishlab chiqaruvchi korxona nomi aniq ko‘rsatilgan  mahsulotni xarid qilish lozim.  Yaxshisi, belgilanmagan joylarda sotilayotgan, ishlab chiqaruvchisi noma'lum, sifatini kafolotlovchi hujjatlari bo‘lmagan yoki uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini xarid qilmang! 

 Faxriddin ABDURAZZOQOV,

 veterinariya mutaxassisi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM