NOZIK VA ENG KERAKLI A'ZONGIZNI ASRASHNI UNUTMANG!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ko‘z – insonning eng muhim, shu bilan bir qatorda juda nozik a'zolaridan biri sanaladi. Kundalik hayotimizda ko‘zlarimizning beminnat xizmati beqiyos. Ammo, biz uni har doim ham avaylayvermaymiz. Qachonki, biror kasallikka chalinganida, ko‘rish qobiliyatimiz susayganidagina bu haqda o‘ylab qolamiz. 

Ko‘z kasalliklari ichida juda og‘ir kasalliklardan biri – gloukoma hisblanadi. Bu xastalikning nomi ham kasallik prosessining   avj olgan davrida kengayib ketgan va harakatsiz bo‘lib qolgan qorachiqning ko‘kimtir tusga kirishidan olingan. 

Gloukomaga chalingan bemorning ertalablari boshi og‘riydi, ko‘zlari xiralashadi. Bunday paytda ko‘pchilik ko‘z kasalliklari shifokoriga emas, balki nevropotolog huzuriga boradi. Bu albatta xato. Ana shunday holat kuzatilganda zudlik bilan ko‘z shifokoriga murojaat qilinmasa, davolash vaqtini boy berib qo‘yish mumkin. Bunday bemorga ko‘z ichi bosimini pasaytiruvchi tomchilar hamda boshqa zarur dori-darmonlar bilan davolash ishlari boshlanadi. Agar o‘z vaqtida davolash ishlari olib borilmasa ko‘rish qobiliyati tiklanib bo‘lmaydigan darajada pasayishi, hatto butunlay ko‘rmay qolish ham mumkin.

Ko‘z bosimi vaqti-vaqti bilan ko‘tarilib turishi mumkin. Bu ko‘z organlari, asosan nozik to‘rsimon  pardaning bosimiga olib keladi. Ko‘ruv maydoni toraya boshlaydi, kechqurunlari ko‘rish izdan chiqadi. Markaziy ko‘rish juda uzoq vaqtgacha o‘zgarmay qolishi ham mumkin.

Gloukoma bilan og‘rigan bemorlarning ko‘z oldi xiralashadi, ko‘z kosachasida  qadalgan og‘riqlar kuzatiladi, bosh og‘riydi. Ana shu belgilar paydo bo‘lganida albatta shifokorga murojaat etish lozim. 

Ushbu xastalikning oldini olish uchun 35 yoshdan oshgan har bir kishi shifokor huzuriga borib, ko‘z ichi bosimini o‘lchatib turishi zarur. Agar xastalik o‘z vaqtida aniqlanib, davo choralari ko‘rilsa, ko‘zlaringiz sizga uzoq yillar xizmat qiladi.

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM