ISHTIXON TUMAN HOKIMINING QUTLOVI HARBIYLARGA YETKAZILDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

ISHTIXON TUMAN HOKIMINING QUTLOVI HARBIYLARGA YETKAZILDI

El-yurtning osoyishtaligi va tinchligi uchun sarhadsiz chegaralarimizni qo’riqlab, o’z qasamyodiga sodiq holda xizmat burchini ado etayotgan harbiylarimizga “14 – yanvar vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ko’plab tabrik va sovg’alar yo’llanmoqda.

Shu munosabat bilan Ishtixon tuman hokimi o’rinbosari O.Tojixonov Samarqand shahrida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Markaziy harbiy okrugining 13060-sonli sportchilar vzvodida bo’ldi.

O.Tojixonov vzvod sportchi yoshlariga Ishtixon tuman hokimi Sh.Negmatovning samimiy tabrigini yo’llab, bayram bilan qutladi hamda ularga qimmatbaho sovg’alarni topshirdi.

Ishtixon tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM