O‘zbekistonda emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o‘rtasida qimmatbaho yutuqli o‘yin tashkil etiladi. Bosh sovrin — avtomobil

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekistonda emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o‘rtasida qimmatbaho yutuqli o‘yin tashkil etiladi. Bosh sovrin — avtomobil

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ishbilarmon va tadbirkorlardan o‘z xodimlarini 2022-yil 20-yanvarga qadar koronavirusga qarshi emlashni hamda sababsiz emlanmaganlarni ishga qo‘ymaslik choralarini ko‘rishingizni so‘radi.

Ma’lum qilinishicha, bosh davlat sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyuldagi 11-son qarorida 18 yoshdan katta aholi qatlamini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash belgilangan. Mehnat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, xodim emlanishni rad etsa, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.

Shularga ko‘ra, ishbilarmon va tadbirkorlardan o‘z xodimlarini 2022-yil 20-yanvarga qadar koronavirusga qarshi emlanishini ta’minlash hamda sababsiz emlanmaganlarni ishga qo‘ymaslik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Ma’lumot uchun:

  • emlashga qarshi tibbiy ko‘rsatmalari bor fuqarolar bundan mustasno. Tibbiy cheklovlar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligining internetdagi resurslarida mavjud;
  • 20 nafardan ortiq emlanuvchisi bor tashkilotlarga esa sayyor emlash brigadasini jalb etish imkoniyati ham yaratilgan;
  • eng muhimi, emlash bepul amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, 2022-yilning yanvar, fevral va mart oylarida emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o‘rtasida qimmatbaho yutuqli o‘yin (bosh sovrin — avtomobil) tashkil etiladi.

Emlash masalalari bo‘yicha murojaat uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining telefon raqami — 78-888-01-01.

2015-2022 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM