Bugun tuman hokimligining majlislar zalida sektor rahbarlari mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilariga tashakkurnoma  topshirishdi. 

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki, "mahallabay" ishlash tizimi orqali hududlarda aholi bandligini ta'minlash, ularning daromadini ko'paytirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi samarali mehnatlari uchun Ishtixon tumanidagi 16 nafar hokim yordamchisi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri J. Qo'chqorov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi. 

Shuningdek, tuman hokimi tomonidan ham yana 16 nafar hokim yordamchilariga samarali ish faoliyati uchun tashakkurnomalar topshirildi.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

2015-2022 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM