OLTIN MEDAL MUBORAK BO'LSIN AZIZ ISHTIXONLIKLAR!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xabaringiz bor, Ispaniyaning La-Nusia shahrida Sportning Boks turi bo'yicha Jahon chempionati o'tkazilmoqda. Unda Ishtixon tumani sport maktabining o'quvchisi Gulsevar G'aniyeva yoshlar o'rtasida 45-48 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan edi.

Bugun Gulsevar finalda Hindistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz bu oltin medal terma jamoamizning ushbu jahon chempionatidagi dastlabkisi hisoblanadi!

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM