Tuman hokimligi binosida chempion qiz munosib kutib olindi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xabaringiz bor joriy yilning 28-noyabr kuni O'zbekiston boks federatsiyasi 14-26 noyabr kunlari Ispaniyaning La Nusiya shahrida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlarini e'lon qildi. 

Dunyoning 74 davlatidan bokschilar ishtirok etgan chempionat yakunlariga ko'ra, respublikamiz terma jamoasi 10 ta medalni qo'lga kiritdi.

Bu chinakam tarixiy voqea: O'zbekiston ilk bor yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Quvonarlisi, Ishtixon tumani sport maktabining o'quvchisi Gulsevar G'aniyeva ham yoshlar o'rtasida 45-48 kg vazn toifasida ishtirok etib, finalda Hindistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Bugun tuman hokimligi binosida chempion qiz munosib kutib olindi.

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM