
Samarqand shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” shiori ostida tashkil etilgan marafonda ishtirokchilar 3 kilometr masofani bosib o‘tdi.
Unda imkoniyati cheklangan fuqarolar hamda "Eng yoshi katta ishtirokchi", "Eng yosh ishtirokchi" va "Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi" nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Eng quvonarlisi shunda-ki ushbu marafonda Ishtixonlik yoshlarimiz ham faxrli o‘rinlarni egallashdi.
1-o‘rinni Shakarova Manzura Jo‘rabek qizi 28.02.2011 yilda Safaxo‘ja MFY, "Safaxo‘ja" qishlog‘ida tug‘ilgan, 30 umumta’lim maktabi 5-sinf o‘quvchisi egalladi.
"Eng yosh ishtirokchi"nominatsiyasi bo‘yicha Bagirova Karalina Rustamovna "J.Mahmudov" MFY, "J.Mahmudov" ko‘chasida yashovchi, 31.12.2015 yilda tug‘ilgan, 35 umumta’lim maktabi 1-sinf o‘quvchisi g‘olib bo‘ldi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI