Ipoteka kreditlari orqali Aholingi uy-joy bilan ta’minlashning amaldagi tartibiga 2023-yil 1-maydan boshlab quydagi o‘zgartirishlar kiritildi.

Ipoteka kreditlari orqali Aholingi uy-joy bilan ta’minlashning amaldagi tartibiga 2023-yil 1-maydan boshlab quydagi o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli farmoni bo‘yicha Respublikamizda jismoniy shaxslarga ipoteka kreditini berishning zamonaviy va barqaror tizimini shakllantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarni davlat tomonidan manzilli qo‘llab–quvvatlash maqsadida ularga ipoteka kreditlari bilan moliyalashtirish maqsad qilingan.
Ipoteka kreditlari orqali Aholingi uy-joy bilan ta’minlashning amaldagi tartibiga 2023-yil 1-maydan boshlab quydagi o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan:
Banklarga rasmiy daromadiga ega bo‘lmagan shaxslarga Subsidiyasiz ipoteka kreditlarini ajratishda ularning to‘lov qobilyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarni inobatga oluvchi skoring tizimini joriy qilishga ruxsat etildi.
Banklarga qarz oluvchi yani kredit oluvchi tomonidan to‘langan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, Subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi berildi.
Professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, Ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etildi.
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish va rekanstrusiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha beriladigan subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal muddati 4 oy qilib belgilandi va bir yilda ikki marta ariza topshirish imkoni ham berildi.
2023-yil uchun Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekbrgacha qabul qilinadi deb belgilandi.

    O‘.Tursunqulov  tuman
 hokimligi bosh yuriskonsulti

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM