Янгиликлар

Qirqyigit MFYlarda aholiga sodir bo'lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida targ'ibot ishlari olib borildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-may kunidagi PQ-2992-sonli qarori 6-bandiga asosan haftaning har chorshanba kuni “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” etib belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Ishtixon tumanidagi Bahrin, Ko'ktepa, Qirqyigit MFYlarda aholiga sodir bo'lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida targ'ibot ishlari olib borilmoqda. Favqulodda holatlarni, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi. 

“Bo’ronxo’ja”  MFY Uyg’oni qishlog’ida joylashgan 66-umumta’lim maktabining yangi binosini ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 Tuman hokimi bugun bayram arafasida “Bo’ronxo’ja”  MFY Uyg’oni qishlog’ida joylashgan 66-umumta’lim maktabining yangi binosini ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi so’zga chiqib, hozirgi paytda o‘quv maskanlarida yoshlarga oid davlat siyosati izchil hayotga tatbiq etilayotgani, Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida o‘quvchilarning bilim darajasi va umumiy dunyoqarashini o‘stirishga, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish barobarida, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilishini takidladi.

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tadbirkorlik subyektlarining savol va murojaatlariga viloyat statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida, viloyat statistika boshqarmasida “Ishonch telefonlar” (tel: (66) 235-58-95, 230-45-50)  tashkil etilgan.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM