Ishonmagin do‘stingga...
Fri, 08/04/2022 - 17:56R.S qo‘shni tumanlarning birida yashovchi kollejda birga o‘qigan kursdosh do‘sti telefon qilganida u bilan yayrab suhbatlashdi. Uning O‘zbekiston Davlat Jismoniya tarbiya va sport Universitetida tahsil olayotganini eshitib juda havasi keldi.
-Men esa o‘qishga kirolmadim, do‘stim, yetarli ball to‘play olmadim. Ammo, baribir o‘qimasam bo‘lmaydi. Kollejning diplomi bilan ishlash qiyin,-dedi unga ko‘nglini ochib.