Tuman hokimi ishchi guruh bilan birgalikda "Chaqar" MFY binosiga keldi.
Fri, 09/09/2022 - 12:00Tuman hokimi ishchi guruh bilan birgalikda "Chaqar" MFY binosiga keldi. Uchrashuvda fuqarolar asosan 2 ta muammoli masalalari bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. 1-masala "Chaqar" MFY binosini qaytadan qurish, 2- masala mahallaning 2,5 km ichki yo'llarini asfaltlash lozimligi aytildi. Tuman hokimi fuqarolar tomonidan yo'llangan murojaatlarni ko’rib chiqilishini, bu borada albatta navbati bilan ishlar amalga oshirilishini bildirdi.
Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati