"YURT OBODLIGI-MAHALLADAN" BOSHLANADI
Fri, 09/09/2022 - 15:00
Иштихон туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Tuman hokimi ishchi guruh bilan birgalikda "Chaqar" MFY binosiga keldi. Uchrashuvda fuqarolar asosan 2 ta muammoli masalalari bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. 1-masala "Chaqar" MFY binosini qaytadan qurish, 2- masala mahallaning 2,5 km ichki yo'llarini asfaltlash lozimligi aytildi. Tuman hokimi fuqarolar tomonidan yo'llangan murojaatlarni ko’rib chiqilishini, bu borada albatta navbati bilan ishlar amalga oshirilishini bildirdi.
Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati
Tuman hokimi o'z sektoridagi mahallalarni o'rganishda davom etar ekan navbatdagi manzil "Xalqabod" MFY binosiga keldi va fuqarolar bilan uchrashdi. Qishloqning nuroniy otaxonlari tuman hokimiga mahallada mavjud bo'lgan muammo va takliflarini tuman hokimiga bildirishdi. Fazliddin Ruziyev ishchi guruhga mahallada ayni paytda eng qiyin bo'lgan muammoli masalalarni o'rganish bo'yicha topshiriq berdi.
Бугун Иштихон туман ҳокимлигида Пахта тўқимачилик кластери ва фермер хўжаликлари рахбарлари ўртасида учрашув бўлиб ўтди