insurez
22-05-2025 11:29

📣 DIQQAT, OMMAVIY DIKTANT! 📚✍️

📣 DIQQAT, OMMAVIY DIKTANT! 📚✍️

Hurmatli ishtixonliklar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–6084-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 28-may kuni soat 14:30 da Ishtixon tumanidagi 2-sonli politexnika texnikumining 2-qavati Axborot-kutubxona markazida (Qurilish kolleji) “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi bo‘lib o‘tadi!

✅ Tadbirda nafaqat korxona va tashkilotlar xodimlari, balki o‘zbek tiliga hurmat va qiziqish bilan qaraydigan har bir ishtixonlik fuqaro ishtirok etishi mumkin!

🏆 Diktant natijalariga ko‘ra eng savodli ishtirokchilarga tuman hokimining esdalik sovg‘alari topshiriladi!

📌 Ro‘yxatdan o‘tish vaqti: 28-may, soat 14:00
📍 Manzil: Ishtixon tumani, 2-sonli politexnika texnikumi, 2-qavat, Axborot-kutubxona markazi (Qurilish kolleji binosi). Bilim va savodxonligimizni sinovdan o‘tkazamiz!
🔗 Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
Insurance Policy