ISHTIXON TUMANIDA PAXTA HAMDA SABZAVOT, POLIZ VA BOSHQA EKINLAR YETISHTIRUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!
E’LON
ISHTIXON TUMANIDA PAXTA HAMDA SABZAVOT, POLIZ VA BOSHQA EKINLAR YETISHTIRUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-sonli Qaroriga asosan Ishtixon tumanida 2025-yilda urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun subyektlar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.
Tanlovni shaffoflik va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida “e-urug‘” (e-seeds) axborot tizimida tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha loyiha ishga tushirilishi kutilmoqda. Ishlab chiqilgan loyihaga asosan 2025-yil 1-fevraldan boshlab ishga tushirilishi kutilayotgan “e-urug‘” (e-seeds) tizimi orqali hujjatlar qabul qilinishi belgilangan. Ixtisoslashuvi bo‘yicha belgilangan “M.Jurayev”, “Oqchurog‘osi bahori”, “Bahrin Qaxramoni” muqobil MTP hududlardan tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan subyektlar joriy yilning 1-fevraldan ishga tushirilishi kutilayotgan “e-urug‘” (e-seeds) tizim orqali o‘rnatilgan tartibda ariza topshirishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Ishtixon tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan beriladi. Murojaat uchun telefon: (66) 233-78-80; 98-558-71-92; 94-180-69-84 ——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI