insurez
09-10-2025 10:38

Adolat va jamoatchilik nazorati — tinchlik asosi


#Jinoyat_muhokama

Adolat va jamoatchilik nazorati — tinchlik asosi

Ishtixon tumani Chinortepa mahallasidan jinoyat ishi yuzasidan ochiq muhokama o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, IIB boshlig‘i o‘rinbosari, nuroniylar kengashi raisi hamda mahalla faollari va aholi vakillari ishtirok etdilar.

Muhokama davomida jinoyat sodir etgan shaxslarning qilmishiga huquqiy baho berildi, fuqarolarga qonunga itoat qilish, jamoat tartibini saqlash va birdamlikda yashashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Bunday ochiq muhokamalar jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi va jamoatchilik nazoratini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -