insurez
31-12-2024 23:36

Assalomu alaykum!


Assalomu alaykum!

🎄Aziz yurtdoshlar! Shu kunlarda har birimiz oʻz hayotimizda o'chmas iz qoldirgan 2024-yil bilan xayrlashib, ezgu qadamlar bilan kirib kelayotgan 2025-yilni ko'tarinki kayfiyat va yaxshi niyatlar bilan qarshi olmoqdamiz.

🎄Fursatdan foydalanib, kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan siz azizlarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

🎄Sizlarga mustahkam sogʻlik-salomatlik, oilaviy baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi mas'uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin!

BUYUK VA MUQADDAS VATAN - JONAJON OʻZBEKISTONIMIZ OSMONI HAMISHA MUSAFFO BO'LSIN!

Ishtixon tumani hokimi,
Fazliddin Ruziyev
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -