🌳Atrof-muhitga e'tibor, kelajak uchun sarmoya!
🌳Atrof-muhitga e'tibor, kelajak uchun sarmoya!
Ishtixon tuman hokimligi ishchi guruhi hamda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tumanda o‘tkazilgan nazorat reydlari davomida ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan daraxtlarga zarar yetkazilish holatlari aniqlanmoqda.
Jumladan, tadbirkorlik subyektlari o‘z hududidagi manzarali daraxtlarga reklama va e’lon bannerlarini ilganlik holatlari qayd etildi. Ushbu holatlar joyida bartaraf etilib, tadbirkorlarga kelgusida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, qonunchilikka muvofiq, daraxtlarga zarar yetkazish yoki ekologik muvozanatni buzish holatlari takrorlansa, aybdor shaxslar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Ishtixon tuman hokimligi barcha fuqarolarni va tadbirkorlarni tabiatga hurmat bilan yondashishga va daraxtlarga nafas bag‘ishlashga chaqiradi!
📌 Daraxt – hayot manbai!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI