#Ayni_damda
#Ayni_damda
Ayni paytda Ishtixon tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish bo‘yicha davlat hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari hamda kuch va vositalari bilan hamkorlikda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi muhokamasi o‘tkazilmoqda.
Bu kabi mashqlarning asosiy maqsadi — favqulodda vaziyatlarda boshqaruv organlari va qutqaruv xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish, aholini muhofaza qilish va hududlarni himoya qilish bo‘yicha tayyorgarlikni oshirishdan iborat.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI