Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bugun Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev Xitoyning Anhui Guanhong Plastics Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Mazkur kompaniya chiqindilarni qayta ishlash, ularni saralash va qayta foydalanishga tayyorlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda katta tajribaga ega.
Uchrashuv davomida tumanda ekologik tozalikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni samarali qayta ishlash hamda bu yo‘nalishda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Mazkur tashabbus tuman hududida yangi ish o‘rinlari yaratish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI