EʼTIROF!
EʼTIROF!
🇺🇿8-yanvar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat prokuraturasida bayram tadbiri o‘tkazildi.
🇺🇿Unda viloyat hokimligi, barcha huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari, viloyat prokuraturasi mahkamasi, tuman-shahar prokuraturalari, MIB va Departament organlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.
🦅Xodimlarning nazariy va kasbiy tayyorgarlik darajasini, kasb mavqeyini oshirib borish hamda xizmat vazifalarini masʼuliyat bilan, vijdonan, samarali bajarayotgan va yuqori natijalarga erishayotgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida “Prokurorlik faoliyati”, “Sudlarda prokuror ishtiroki”, “Tergov”, “Qonunlar ijrosi ustidan nazorat”, “Huquqbuzar-liklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” yo‘nalishlarida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi xodimi” kasbiy tanlovi g‘olib va sovrindorlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
✅Shu qatorda, Ishtixon tuman prokurori oʻrinbosari Shukurov Nazirjon Nabievich “Huquqbuzar-liklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” yoʻnalishi boʻyicha 1 oʻrindi qulga kiritdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI