insurez
07-02-2025 12:15

Har juma – “Milliy liboslar” kuni!


Har juma – “Milliy liboslar” kuni!

Milliy libos – bu nafaqat an’anaviy kiyim, balki yurtimiz madaniyati va o‘zligimizning ajralmas qismidir. Shu bois, Ishtixon tuman hokimligida har juma milliy liboslarda faoliyat yuritish an’anasi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tashabbus xalqimiz milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va yosh avlodga ulug‘vor an’analarimizni yetkazish maqsadida joriy etilgan. 

Hokimlik xodimlari milliy liboslarda ishga kelish bilan birga, uning ma’naviy ahamiyatini ham jamoatchilikka yetkazishga hissa qo‘shmoqda.

Milliy libos – milliy g‘urur! Keling, an’analarimizni ardoqlaylik va ularni hayotimizga yanada chuqurroq singdiraylik!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -