insurez
09-11-2025 09:53

Hurmatli sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari!


#Bayram_tabrigi

Hurmatli sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari!

Sizni aziz va muqaddas kasb egalari sifatida Sog‘liqni saqlash xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

🚑Insoniyat uchun eng ulkan ne’mat — bu sog‘liq, uni asrash va himoya qilish yo‘lidagi fidoyilik esa sizlarning kundalik mehnatingizdir. Bugungi kunda yurtimizda tibbiyot tizimini takomillashtirish, soha xodimlari mehnatini qadrlash va sharoitlarni yaxshilash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda Ishtixon tumani tibbiyot jamoasi ham o‘z salohiyati, bilim va mas’uliyati bilan munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

➕Murojaatlar davrida bemorlarga o‘z farzandiday g‘amxo‘rlik qilayotgan, kecha-yu kunduz xizmat barqarorligini ta’minlayotgan barcha shifokor va tibbiyot xodimlariga cheksiz minnatdorchilik bildiraman.

🩺
Zahmatli mehnatingizga yaratuvchanlik va baraka hamroh bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik-farovonlik, kasbiy faoliyatingizda yanada katta yutuqlar tilayman.

🎉Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari!

Hurmat bilan,
Ishtixon tumani hokimi
Ruziyev Fazliddin Kiranovich
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -