insurez
29-04-2025 14:15

Ishtixon – mayiz eksportida yangi istiqbol sari


Ishtixon – mayiz eksportida yangi istiqbol sari

Samarqand viloyatida mayiz yetishtirish va uni tashqi bozorlarga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yirik loyiha boshlandi.  (https://kun.uz/news/2025/04/29/samarqandda-mayiz-yetishtirish-va-eksport-boyicha-yirik-loyiha-boshlanmoqda)

Ushbu loyihada Ishtixon tumani muhim o‘rin tutadi. Mayizchilikni tuzilmaviy rivojlantirish maqsadida Qo‘shrabot tumani bazaviy tuman sifatida belgilanib, “Qo‘shrabot-Agro Star” MCHJ tashkil etildi.

Loyiha doirasida Ishtixon, Urgut va Xatirchi tumanlari qamrab olinib, xususan, Ishtixonda mayiz yetishtirishga ixtisoslashgan bog‘lar tashkil etish, klaster uslubida ishlash va tayyor mahsulotni eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Investisiyaviy va moliyaviy jihatdan loyihani qo‘llab-quvvatlash vazifasi Xalq banki zimmasiga yuklatilgan. 

Bu esa tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi va hududda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga zamin yaratadi.

Mayiz eksporti salohiyatini yuksaltirish orqali Ishtixon tumani qishloq xo‘jaligida yetakchi hududlardan biriga aylanishi kutilmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -