Ishtixon tuman hokimligida “Kuz-qish mavsumi shtabi” faoliyati o‘rganildi
Ishtixon tuman hokimligida “Kuz-qish mavsumi shtabi” faoliyati o‘rganildi
Bugun Respublika ishchi guruhi a’zosi, Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi tomonidan Ishtixon tuman hokimligida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan uzluksiz ishlovchi “Kuz-qish mavsumi shtabi” faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholidan tushayotgan murojaatlar va mavjud muammolarning hal etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, shtab a’zolariga mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash va aholining barcha ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur ishchi guruh tomonidan muammolarning tezkor yechimini ta’minlash hamda mavsumda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni oldini olish borasida shtabning aniq vazifalari belgilab berildi.
Ishtixon tuman hokimligi aholi murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish, mavsumiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z faoliyatini kuchaytirishga tayyorligini ma’lum qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI