insurez
21-12-2024 10:56

Ishtixon tuman hokimligida tuman hokimi boshchiligida yoshlar bilan “Hokim va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.


 Ishtixon tuman hokimligida tuman hokimi boshchiligida yoshlar bilan “Hokim va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. 

💫Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini eshitish, yechim takliflarini muhokama qilish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

⚡️Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari, hududni rivojlantirish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirishlari, shuningdek, o‘z loyihalari va tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin. 

💫Tuman hokimi tomonidan ushbu muloqot orqali yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, muammolarni amalda hal qilish bo‘yicha aniq choralar belgilangan.

⚡️Bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ishtirokini kuchaytirish va ularni jamiyat rivojida faol ishtirok etishga chorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -