insurez
29-01-2025 11:34

Ishtixon tuman tez yordam bo‘limida islohotlar davom etmoqda.


Ishtixon tuman tez yordam bo‘limida islohotlar davom etmoqda.

Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tuman tibbiyot birlashmasidagi yangi qurilayotgan tez yordam binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi. 

Ushbu yangi ob’yekt zamonaviy talablarga javob beradigan qilib barpo etilmoqda va tez tibbiy yordam xizmatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati avtoparki yana bir “Tez tibbiy yordam” avtomashinasi bilan to‘ldirildi. 

Yangi avtomobil tuman aholisiga ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordam sifatini yaxshilashga va tezkor xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

🚑Islohotlar doirasida tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish hamda tez tibbiy yordam xizmati imkoniyatlarini kengaytirish borasida ishlar davom ettirilmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -