Ishtixon tumani hokimligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi
Ishtixon tumani hokimligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi
Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev navbatdagi hokimlik soatini o‘tkazdi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish va mahallalarda tomorqa yerlaridan unimli foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida mas’ul rahbarlar tomonidan sohalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar hamda ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish va bu boradagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilish davomida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yetarli darajada ish olib bormagan mas’ullarga hayfsan e’lon qilindi va qat’iy ogohlantirish berildi.
Shu munosabat bilan hokim tomonidan mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, tadbirkorlar bilan samarali ishlashni kuchaytirish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI