Ishtixon tumani tadbirkorlari jamoatchilik kengashi tashkil etildi
Ishtixon tumani tadbirkorlari jamoatchilik kengashi tashkil etildi
Bugun Ishtixon tumanida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va biznes vakillarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida Tadbirkorlar jamoatchilik kengashining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish “MAROQAND SIFAT TEXTILE” korxonasida tashkil etildi.
Ta’sis yig‘ilishida tuman tadbirkorlari, mahalliy hokimiyat vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Unda Kengashning asosiy maqsad va vazifalari muhokama qilindi. Xususan, tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularning ishbilarmonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal qilishda samarali mexanizmlar yaratish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yig‘ilishda tadbirkorlarning mahalliy hokimiyat organlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash, ularning taklif va tashabbuslarini davlat dasturlariga kiritish mexanizmlari muhokama qilindi. Kengash a’zolari tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar berdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur jamoatchilik kengashi tuman tadbirkorlari uchun muhim platformaga aylanib, ularning manfaatlarini himoya qilish va rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi kutilmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI