insurez
06-02-2025 12:09

Ishtixon tumanida aholining daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi


Ishtixon tumanida aholining daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi

Ishtixon tumani sektor rahbarlari ishtirokida muhim muhokama bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada tuman soliq tushumlari holati va aholining tomorqachilikdan unumli foydalanishini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur uchrashuvda mahalla hokim yordamchilari va soliq idoralari xodimlari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida aholining iqtisodiy faolligini oshirish, tomorqalarni samarali boshqarish, shuningdek, soliq tushumlarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Tuman rahbarlari aholi farovonligini ta’minlashda har bir tomorqa yer maydonidan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab o‘tdilar. 

Soliq idoralari xodimlariga aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va qonuniy tartibda xabardor qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -