insurez
11-01-2025 10:22

Ishtixon tumanida “Loyihalar yarmarkasi” o‘tkazilmoqda.


 Ishtixon tumanida “Loyihalar yarmarkasi” o‘tkazilmoqda.

✅2024 yil 16 dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ishtixon tumanida “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.

✨Yarmarkada “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalari asosida ishlab chiqilgan biznes-rejalar taqdim etildi. Unda tijorat banklari va hokim yordamchilari hamda mahallalarda tadbirkorlikni boshlashni istagan fuqarolar ishtirok etdi. Yarmarka doirasida aholiga 50 dan ortiq biznes-reja taklif etildi.

🏦Tadbir davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, imtiyoz va qo‘llanilayotgan yangiliklar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

💎Shuningdek, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🦅“Loyihalar yarmarkasi” – aholini tadbirkorlik sari qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy qadam!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -