ISHTIXON TUMANIDA “MAHALLA BANKIRI” VA “YORDAMCHI-AGENT”LAR UCHUN O‘QUV-SEMINARLARI O‘TKAZILDI
ISHTIXON TUMANIDA “MAHALLA BANKIRI” VA “YORDAMCHI-AGENT”LAR UCHUN O‘QUV-SEMINARLARI O‘TKAZILDI
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 24 iyundagi “Hududlarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish bo‘yicha “Mahalla bankiri” va “Yordamchi-agent”larning malakasini oshirish yuzasidan o‘quv-amaliy seminarni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda qator tadbirlar, davra suhbatlari va o‘quv-seminarlari tashkil etilib kelinmoqda.
Xususan, tumanimizda ham joriy yilning 18- sentyabr kuni ushbu tadbirlar Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirokida yuqori saviyada tashkil etildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI