Ishtixon tumanida ta’lim sohasi rahbarlari bilan tanqidiy muhokama o‘tkazildi
Ishtixon tumanida ta’lim sohasi rahbarlari bilan tanqidiy muhokama o‘tkazildi
👨💼Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari bilan muhokama o‘tkazdi.
Tanqidiy muhokama davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning darslarga davomatini yaxshilash hamda bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ta’lim muassasalaridagi kamchiliklar va ularning yechimlari muhokama etilib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quvchilarning bilim saviyasini ko‘tarish va ularni OTMlarga tayyorlash ishlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
🎓Tuman hokimi ta’lim muassasalari rahbarlaridan mas’uliyatni oshirishni talab qildi va joriy kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish uchun qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI