Ishtixon tumanida yangi oilaviy ko‘ngilochar majmua ochildi
Ishtixon tumanida yangi oilaviy ko‘ngilochar majmua ochildi
✨1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev Mitan shaharchasida qurilgan zamonaviy oilaviy ko‘ngilochar majmuaning ochilish marosimida ishtirok etdi.
🎁Yangi inshoot bolajonlar uchun xavfsiz va rang-barang o‘yingohlar, shuningdek, oilaviy dam olish uchun zamonaviy ovqatlanish joyi bilan ta’minlangan.
🔝Ushbu majmua shaharcha ahli hamda mehmonlar uchun sifatli xizmat ko‘rsatadigan maskan bo‘lib, ularning ko‘nglini ko‘tarish va yaqinlari bilan yaxshi vaqt o‘tkazish imkoniyatini yaratadi.
🎙Marosimda ishtirok etganlar binoning qulayliklari va zamonaviy jihozlaridan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi.
🔂Ishtixon tuman hokimi mazkur loyiha yoshlar va oilalar uchun sifatli dam olishni ta’minlashda muhim qadam bo‘lishini alohida ta’kidladi.
🎆Mahalliy aholi va mehmonlar uchun yana bir qulay va zamonaviy maskan paydo bo‘lgani barchani quvontirdi.
#Ochilishmarosim #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI