Ishtixonda aylanma yo‘l va ko‘priklar qurilishi o‘rganildi
Ishtixonda aylanma yo‘l va ko‘priklar qurilishi o‘rganildi
Bugun, Ishtixon tumanida yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
🇺🇿Respublika Bosh prokurori o‘rinbosari Salom Ismatov, Samarqand viloyati prokurori va o‘rinbosarlari, viloyat hokimi o‘rinbosari, Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman prokurori Uchqun Butunov hamda tegishli tashkilot va xizmatlar mutasaddilari tomonidan Ishtixon tumani aylanma yo‘li va unga tutash ko‘priklarning qurilishi bilan tanishildi.
🦅O‘rganish jarayonida mazkur loyihalarning amalga oshirilish bosqichlari, ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va ularning aholi hayotidagi ahamiyati muhokama qilindi. Mutasaddilarga aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.
Aylanma yo‘l va ko‘priklar qurilishi tuman markazidagi harakat zichligini kamaytirish, transport oqimini tartibga solish, aholi uchun xavfsiz va qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI