✅Ishtixonda noqonuniy savdoga chek qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
✅Ishtixonda noqonuniy savdoga chek qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
Ishtixon tumanida ko‘cha savdosini tartibga solish va noqonuniy savdoga chek qo‘yish maqsadida Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan amaliy ishlar olib borildi. Tuman DSI boshlig‘i Oybek Usmonov rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda savdo faoliyatini qonuniylashtirish, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va tadbirkorlik sub’yektlariga yaratilgan imkoniyatlar haqida keng tushuntirish berildi.
Uchrashuv davomida ko‘cha savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga mavjud tartib-taomillar, tadbirkorlikni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklari va noqonuniy savdoning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar yetkazildi. Tadbirkorlarga qonuniy savdo qilish orqali o‘z faoliyatlarini barqaror yuritish hamda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir noqonuniy savdoning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda tadbirkorlar uchun teng sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.
✅Shuningdek, qonuniy biznes yuritish tumanda savdo madaniyatini oshirish va soliq tushumlarini ko‘paytirishga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI