Ishtixonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Ishtixonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Bugun Ishtixon tumani hokimi F.Ruziyev boshchiligida tumanning “Beshlik javohiri” muqobil MTP hududidagi “Muxtor Qobilov” fermer xo‘jaligida amaliy-ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tmoqda. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi muhokama qilindi.
Tadbirda sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari vakillari, fermerlar, dehqonlar va tomorqa egalar ishtirok etdi.
Seminar davomida tuman hokimi F.Ruziyev barcha xo‘jalik rahbarlariga dala chetlaridan samarali foydalanish, xususan, eksportbop mevali daraxt ko‘chatlari ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Mutasaddilar tomonidan mazkur qaror ijrosini ta’minlash uchun amaliy tavsiyalar berilib, sohadagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Bu kabi tadbirlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini oshirish, yerlardan unumli foydalanish va eksport salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI