Ishtixonda “Ustoz va Murabbiylar” kuni keng nishonlanmoqda
#Ayni_damda
Ishtixonda “Ustoz va Murabbiylar” kuni keng nishonlanmoqda
Ayni damda Ishtixon tumanida “Ustoz va Murabbiylar” kuni munosabati bilan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, soha faxriylari, faol o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning yurt ravnaqi, yosh avlod tarbiyasi yo‘lidagi xizmatlari yuksak e’tirof etilmoqda. Shuningdek, bir qator fidoyi ustozlar rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.
Bayramona shodiyona barcha ishtirokchilar uchun chiroyli xotiralar ulashmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI