insurez
14-01-2025 10:47

Ishtixonda uzumchilik ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil etiladi


Ishtixonda uzumchilik ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil etiladi

Prezidentimizning 2024 yil 29 noyabrdagi “Samarqand viloyatida investisiya va tadbirkorlik muhitini  yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Ishtixon uzumchilik ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil этилади. (https://t.me/zarnews_uz/98232)

Uzumchilik, xususan, mayiz tayyorlash bo‘yicha Ishtixon tumani tajribasini keng ommalashtirish, “in-vitro” usulida ko‘chatchilik va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga doir ilmiy tadqiqotlarni olib borish, xaridorgir va raqobatbardosh navlar, jumladan, “Gigant”, “Sirliboy”, “Avatar” navlarini ko‘paytirish ilmiy-tajriba stansiyasining asosiy vazifalari qatorida qayd etilgan.

Yangi navlar yaratish, sinab ko‘rish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy-tajriba stansiyasiga Zarband massividan 10 gektar yer maydoni ajratiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -