insurez
08-01-2025 10:15

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!


Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

👮‍♂️ 8-yanvar, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni.

Shu munosabat bilan yurtimizda qonun ustuvorligini taʼminlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha jonkuyar va fidoyi prokuratura xodimlarini ushbu bayram bilan chin qalbdan tabriklayman.

Oʻz hayotini fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishga bagʻishlab kelayotgan siz, aziz xodimlar, muhtaram faxriylarimizga chuqur minnatdorchilik izhor etaman.

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, xizmat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka tilayman.

Fazliddin Ruziyev, 
Ishtixon tumani hokimi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -