insurez
04-06-2025 17:20

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi


Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, hokim yordamchilari hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha 2025 yil uchun belgilangan vazifalar hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Shuningdek, yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar hisobot berdilar. 

Yig‘ilishda barcha rahbarlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

#Korrupsiya #Ishtixon2025 
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -