insurez
30-01-2025 11:40

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish – ustuvor vazifa


Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish – ustuvor vazifa

Ishtixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli muhokamalar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur qaror mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda aholi huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan. 

Shu munosabat bilan Ishtixon tuman hokimligida tegishli mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, qaror mazmun-mohiyati va uning amaliy ijrosi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman prokurori Uchqun Butunov va tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sherzod Tog‘ayev ishtirok etib, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Jumladan, “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilishi qayd etildi.

Tuman hokimligi mazkur qaror ijrosini ta’minlash va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -